«ayol loyihasi» tegli maqolalar


“Qizlar ham ucha oladi”. Samoni zabt etgan ilk harbiy uchuvchi ayol — Sabiha Go‘kchen hikoyasi
28 yanvar 2024, 17:41

“Qizlar ham ucha oladi”. Samoni zabt etgan ilk harbiy uchuvchi ayol — Sabiha Go‘kchen hikoyasi

“Gazeta.uz” xotin-qizlar haqidagi stereotiplarni parchalab, ilmiy, ma’rifiy-siyosiy faoliyati bilan tarixda qolgan ayollar haqidagi hikoyalarni davom ettiradi. Bu galgi qahramon — dunyoning eng birinchi harbiy uchuvchi ayoli, faoliyati davomida 22 xil uchoqda 8000 soatdan ko‘proq parvoz qilgan Sabiha Go‘kchen.

Rita Levi-Montalchini — ilm-fanni o‘zgartirgan ayol
21 may 2023, 11:59

Rita Levi-Montalchini — ilm-fanni o‘zgartirgan ayol

Umrini to‘lig‘icha ilmga bag‘ishlagan italiyalik olima Rita Levi-Montalchini odam bolasi yuzga kirsa ham fanga hissa qo‘sha olishini isbotlaganlardan. 104 yoshigacha tetik, aqlini yo‘qotmagan professor xonim nafaqat neyrobiologiyada, yana siyosatda ham o‘rnini topgan shaxs hamdir.

Adolatsizlik, notenglik, stereotiplarning ashaddiy muxolifi — Rut Ginzburg haqida
17 aprel 2023, 08:59

Adolatsizlik, notenglik, stereotiplarning ashaddiy muxolifi — Rut Ginzburg haqida

O‘rni kelsa prezidentlarni-da tanqid qilishdan toymagan, haqiqatparast va o‘ta sinchkov sudya sifatida tarixda qolgan Ginzburg xonimdan amerikalik ayollarning ko‘pi minnatdor. Chunki u boshlagan, qat’iy kurashgan muammolar nafaqat taqdirlarni o‘zgartirdi, ayolning jamiyatdagi o‘rnini ham uzil-kesil aniqladi.

“Bola o‘zini o‘qita oladi, uning yo‘lini faqat siz va cheklovlaringiz to‘sadi”. Dunyo bolalari muallimi Mariya Montessori haqida
12 mart 2023, 12:59

“Bola o‘zini o‘qita oladi, uning yo‘lini faqat siz va cheklovlaringiz to‘sadi”. Dunyo bolalari muallimi Mariya Montessori haqida

Mariya xonimni jamiyat va pedagogikadagi stereotiplarni parchalagan ayol deb bilishadi. Uning maktabi alohida mavzu. Gabriel Markes, Bill Geyts, Jeff Bezos kabi mashhurlar ham shunday dargoh ta’limini olganlardan. Italiyadagi ilk diplomli shifokor ayolning hayoti o‘zi yozganidek — “o‘ta sokin, ammo shiddatli”.

Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashgan hijobli prezident. Singapur rahbariga aylangan ilk ayol — Halima Yaqub hikoyasi
23 yanvar 2023, 19:05

Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashgan hijobli prezident. Singapur rahbariga aylangan ilk ayol — Halima Yaqub hikoyasi

Dunyodagi eng boy, biznes, yashash, o‘qish uchun qulay, korrupsiyadan xoli va “bog‘ ichidagi shahar” tamoyiliga qat’iy rioya etuvchi mamlakatlardan biri Singapurni bugun ayol prezident — Halima Yaqub boshqaradi. Uning asosiy maqsadi — boshqalar qilolmaydigan ishni singapurliklar qilsin.

“Kursida yalpayib o‘tirib, nimanidir kutish kerak emas”. 27 yoshida Avstraliya senatoriga aylangan afg‘on qizi hikoyasi
19 yanvar 2023, 00:01

“Kursida yalpayib o‘tirib, nimanidir kutish kerak emas”. 27 yoshida Avstraliya senatoriga aylangan afg‘on qizi hikoyasi

27 yoshida senatorga aylangan afg‘onistonlik Fotima Paymon siyosat maydoniga shunchaki omadi yurishganidan kirib kelmagan. Tarixi qiziq va og‘riqli. To‘rt yoshida “Tolibon” zulmidan oilaviy qochib, Pokiston, so‘ng Avstraliyadan boshpana topgan qiz bugun qit’adagi eng yosh va hijobli yagona siyosatchidir.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting